Fargʼona viloyat qoʼgʼirchoq teatri joriy yilning 7-iyul sanasida Gans Xristian Аndersenning “Ole-Lukoye ertaklari” nomli mono-spektaklini viloyatdagi mutahassislar uchun taqdimotini oʼtkazdi. I.Yakubov intsenirovkasi, А.Ismoilov tarjimasi asosida Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Fatxulla Xodjaev sahnalashtirdi. Ertakchi Ole-Lukoye rolini qoʼgʼirchoq teatri aktyori Nodirbek Аʼzamov moxirona ijro etdi. Spektakl taqdimotidan soʼng mutahassislar oʼz fikr va mulohazalarini bildirib oʼtdilar. Komissiya xulosasiga koʼra bir ovozdan spektakl qabul qilindi. Kamchiliklar qayta repititsiya jarayonida toʼldirilib, spektaklning onlayn premerasi 14-iyul sanasiga belgilandi. Maʼlumot oʼrnida shuni taʼkidlash joizki, Fargʼona viloyat qoʼgʼirchoq teatri tarixida ilk mono-spektakl sahnalashtirildi.
Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri joriy yil 5-8 sentyabr kunlari onlayn tarzda o‘tkazilgan “Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining an'anaviy XII-ko‘rik-festivali” da muallif va saxnalashtiruvchi rejissyor S.Seduxinning “Toychoq” deb nomlangan spektakli bilan qatnashib, oliy o‘rin – birinchi o‘rin sohibi bo‘ldi. Onlayn festival ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek telegram kanalida t.me/teatrkukolfest taklif xavolasi orqali namoyish etildi va g‘oliblar aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasiga qarshi olib borilayotgan samarali isloxotlar, koronavirus pandemiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan chora tadbirlar xamda o‘rnatilgan karantin qonun-qoidalariga asosan, 23 sentyabr' kuni Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri tomoshabinlar bilan bevosita ish olib boruvchi bir qator badiiy va boshqa xodimlardan COVID-19 kasalligini aniqlash bo‘yicha test topshirdilar. Kasallikni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan testda 40 nafardan ziyod xodimlar ishtirok etdi. Teatr xodimlariga yana bir bor karantin qoidalariga amal qilgan xolda o‘z faoliyatlarini olib borishlari to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan 2020 yil 18 sentyabr' kungi selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlashda Madaniyat Vazirligi tomonidan berilgan topshiriq bo‘yicha yurtimiz axolisining kayfiyatini ko‘tarish maqsadida 2020 yil 23 sentyabr' kuni teatr jamoasi Farg‘ona shahrida joylashgan Axmad Al-Farg‘oniy nomli istiroxat bog‘ida o‘tkaziladigan “Maydon tomoshalari” da soat 17-00 dan 19-00 gacha teatrlashtirilgan tomoshalarini namoyish etdilar.
Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri joriy yilning 25-fevral sanasidan 2-mart sanasigacha Namangan viloyatiga gastrol safari bo'lib o'tdi. Ijodiy safar chog'ida Namangan vilyati 26-mehribonlik uyida mehmonda bo'lib, bolajonlarga ko'ngilochar tomoshalar hamda esdalik sovg'alar bilar dillarni hushnud etishdi. Bundan tashqari Namangan viloyati Alisher Navoiy nomidagi musiqali drama teatriga tashrif buyurib,Namangan shahar maktab o'quvchilari uchun S.Seduxin asari asosidagi "Musiqali choyxona" deb atalgan spektaklini namoyish etishdi. Gastrol davomida Namangan viloyatidagi ko'plab maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida bo'lib qiziqarli spektakllarni bolajonlar e'tiboriga havola etishdi. Namangan viloyatiga gastrol safari muvafaqiyatli yakunlandi.
2021-yil 14-mart Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrining oliy toifali aktyori Po'lat Toshtemirovning 50 yillik Yubiley kechasi o'tkazildi. Tadbirda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Mamasiddiq Sherayev boshchiligidagi askiya guruxi, "Qalpoq" xajviy guruxi, "Bumerang"xajviy guruxi, so'z ustasi G'ayrat Axmedov, xonandalar Toxir Shokirov,Otabek Muhammadzoxid, Farg'ona viloyati musiqali drama teatri direktori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Adxam Akromov, Islom Karimov nomidagi teatr konsert saroyi direktori Ikrom Jalilov, Farg'ona viloyati rus drama teatri direktori, Marg'ilon shahar musiqali ma'qom teatri direktori, Farg'ona viloyati ma'daniyat boshqarmasi mutaxasissi Axad Usmonov xamda Andijon viloyati qo'g'irchoq teatri bosh rejissori Dilmurod Shayxovlar ishtirok etishdi.
Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri 2021-yil 21-mart kuni I. Karimov nomidagi teatr kontsert saroyi maydonidagi "Navro'z" umumxalq ayyomi munosabati bilan bo'lib o'tgan tadbirda faol ishtirok etib, o'z tomoshalari bilan yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashdi.
2021-yil 4-aprel kuni A.Xomidjonov asari asosida, rejissor Sh.Murodov hamda saxnalashtiruvchi rassom M.Xalifayev tomonidan saxnalashtirilgan "Shumtaka"spektaklining taqdimoti bo'lib o'tdi.Spektakl soxa mutaxasisslari va Madaniyat vazirligi qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinib premyera 2021-yil 9-aprel kuni o'tkazildi.
2021-yil 10-aprel kuni Rishton tumani 20-maktabning kichik o'quvchilari uchun "Oltin jo'ja " spektakli namoyish etildi.
2021-yilning 25-aprel kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi kichkintoy bolajonlar va ularning ota-onalari uchun "Badjahl quyoncha" deb nomlangan qiziqarli spektaklini namoyish etishdi. Bolajonlar spektaklni miriqib tomosha qilishdi.
Mamlakatimizda 9-May "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan o'ykazilayotgan tadbirda Farg'ona viloyati Qo'g'irchoq teatri jamoasi fidoiylik bilan ishtirok etdi.
2021-yil 19-iyun kuni E.Hushvaqtov asari asosida, rejissor va rassom S.Seduxin tomonidan saxnalashtirilgan "Zumrad va Qimmat" spektaklining taqdimoti bo'lib o'tdi. Spektakl soxa mutaxasisslari va Madaniyat vazirligi qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinib, premyera 2021-yil 21-iyun kuni o'tkazildi.
2021-yil 21-iyun kuni Farg'ona shahar XTB ga qarashli 25-umumiy o'rta ta'lim maktabida ochilgan kunduzgi bolalar oromgohi bolajonlari uchun "Karvonsaroy"spektaklini namoyish etdi.
2021-yil 21-avgust Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri xodimlari, teatrga briktirilgan joylarda ozodalik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirib, umumxalq hasharida mamnuniyat bilan qatnashdilar.
2021-Yil Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri direktori S.Mirzayev, direktor o'rinbosari Sh.Xakimov, oliy toifali aktrisa N.Sabriddinova hamda M.Qo'shnazarov "O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
2021-Yil 12-sentyabr kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi Andijon viloyati Marxamat tumanining 124 ta oila farzandlariga bo'lib o'tgan xatna to'yida faol ishtirok etib o'z tomshalari bilan barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.
2021-Yil 28-sentabr Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrining navbatdagi 33-mavsum ochilishi hamda "Xalqaro turizm kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.Teatr jamoasi tashrif buyurgan aziz mehmonlarni bayramona kayfiyatda kutib olib, qiziqarli tomoshalarni havola etdi.
2021-Yil 10-oktabr kuni Farg'ona shahrida joylashgan I.Karimov nomidagi teatr va konsert saroyida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Baxodir Axmedov raisligida Farg'ona viloyatida faoliyat olib borayotgan teatrlar raxbarlari va ijodiy xodimlariga kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
2021-yil 10-oktyabr kuni Irina va Yan Zlatopskiylar asari asosida Feruza Nishanova tarjimasi, rejissor va rassom S.Seduxin tomonidan saxnalashtirgan "Tug'ilgan kuning bilan pingvin!" nomli spektaklining jamoat ko'rigi bo'lib o'tdi. Spektakl soxa mutaxasisslari va Madaniyat vazirligi qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinib, premyera 2021-yil 12-oktyabr kuni o'tkazildi.
2021-Yil Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri 15-oktyabr kuni Rishton tumani ichki turizm agentligidan tashrif buyurgan maktab o'quvchilarini ko'tarinki kayfiyatda kutib olib, ular uchun I.Lukyanova asari asosidagi "Karvonsaroy" spektaklini namoyish etdi.
2021-yilning 19,20,21,22-oktabr va 11-12-noyabr kunlari "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik"shiori ostida viloyat hokimining 524-01-50-sonli tadbir rejasi asosida Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri tumanlarda xususan Quva,Bog'dod,Qo'shtepa tumanlarida bo'lib, bir qancha Musiqa va san'at maktabi o'quvchilari uchun "Musiqali choyxona","Karvonsaroy"spektakllarini namoyish etdi.
2021-yil 19-noyabr kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida, Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabining tetr bo'limi 1-kurs o'quvchilari ekskursiyada bo'ldi. Ekskursiya davomida Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrining oliy toifali aktyori Po'lat Toshtemirov teatr haqida hamda qo'g'irchoq turlari haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tdi.
2021-yil 1-dekabr kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri, teatr saxnasida Marg'ilon shahar xususiy MTM tarbiyalanuvchilari uchun "Oltin Jo'ja " nomli spektaklini namoyish etdi.
2021-yil 10-dekabr kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi, Farg'ona davlat universiteti talabalar e'tiboriga "Musiqali choyxona" spektaklini namoyish etdi. Yosh talabalar spektakldan maroqli xordiq olishdi hamda teatrga katta qiziqish bildirishdi.
2021-yilning 11-14-15-16-17-dekabr kunlari Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri Rishton, Oltiariq, Furqat, Uchko'prik tumanlari va Marg'ilon shahrida bo'lib XTB ga qarashli maktab o'quvchilari uchun o'z spektakllarini namoyish etishdi.
2021-yil 14-dekabr Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrining serqirra ijodkori bosh rassomi Sergey Seduxin Mixaylovichning 60 yillik yubiley kechasi bo'lib o'tdi. Tadbirda Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri hamda bayramga tashrif buyurgan aziz mexmonlar jumladan: O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq artisti, Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi pedagogi Muxammadsoli Yusupov, Farg'ona viloyati musiqali drama teatri direktori Turg'un Qosimov va bosh rassomi Furqat Qo'chqorov, Farg'ona viloyati rus drama teatri direktori Yulya Madaliyeva, Marg'ilon shahar musiqali maqom teatri direktori Tavakkal Sultonov, nafaqadagi maxoratli rejissor Xabibulla Xakimovlar ustoz S.Seduxinni samimiy qutlab, esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan muborakbod etishdi.
2021-yil 17-dekabr yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Farg'ona shahar I.Karimov nomidagi Teat va konsert san'at saroyida bo'lib o'tgan gala konsertda Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri Yangi yil shou dasturi bilan faol ishtirok etdi.
2021-yil 20-dekabr kuni Ye.Borisova asari asosida, rejissor va rassom S.Seduxin tomonidan saxnalashtirilgan "Qorbobo sovg'alari" spektaklining taqdimoti bo'lib o'tdi. Spektakl soxa mutaxasisslari tomonidan qabul qilinib, premyera 2021-yil 21-dekabr kuni o'tkazildi.
2021-yil 23-24-25- dekabr kunlari Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrining bir gurux jamoasi Quvasoyshahrining Pakana qishlog'ida bo'lib MTM ning jajji tarbiyalanuvchilari uchun "Xasan va Xusanning yangi yil sarguzashtlari" nomli spektaklini namoyish etdi.
2021-yil 25-dekabr kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo'shinlarida o'zining Boshqacha yangi yil tomoshasi bilan mehmonda bo'ldi.
2021-yil 27-dekabr kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri, teatrga tashrif buyurgan Farg'ona shahar 4-sonli maktab o'quvchilarini bayramona kayfiyada kutib olib,ular e'tiboriga "Qorbobo sovg'alari" spektaklini namoyish etdi.
2021-yil 26-dekabr kunidan 2022-yilning 10-yanvar kuniga qadar Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida 3 seansda "Qorbobo sovg'alari" nomli yangi yil spektakli namoyish etildi.
2021-yil 29-dekabr kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatriga Yoshlar ishlari agentli a'zolari tashrif buyurdi ular uchun "Qorbobo sovg'alari" yangi yil tomoshasi namoyish etildi.
Farg'ona shahar I.Karimov nomidagi Teatr konsert saroyida bo'lib o'tayotgan "Prezident archasi" yangi yil konsert dasturida Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri faollik bilan ishtirok etmoqda.
2021- yil Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Farg'ona viloyatiga tashriflari chog'ida, Farg'ona shahri "Shodiyona" maxallasiga tashrif buyurgan edilar. Shundan so'ng "Shodiyona" maxallasida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yangi zamonaviy ko'rinish kasb etgan mahallaga Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi tashrif buyurib "Xasan va Xusanning yangi yil sarguzashtlari" nomli spektaklini namoyish etdi.
2022-yil 9-11- fevral kunlari Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi Farg'ona shahar xususiy MTM tarbiyalanuvchilari uchun " Oltin jo'ja" spektaklini namoyish etdi.
O'zbekiston Respublikasining Madaniyat vazirining ishga qabul qilish to'g'risidagi 2022-yil 3-fevral kungi №30-K-sonli buyrug'iga asosan Sultonov Tavakkal Mamajonovich Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri direktori etib tayinlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora tadbirlari to'g'risida " 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2022-yil 15-fevral kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri Farg'ona "Muruvvat" nogironligi bo'lgan bolalar uchun internat uyiga tashrif buyurib, tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun repertuarlarimizdan o'rin olgan "Oltin jo'ja" spektaklini namoyish etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan maxrum bo'lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2022-yil 10-mart kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri Farg'ona viloyati xokimligi Xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi 86-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab-internatiga tashrif buyurib, tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun repertuarlarimizdan o'rin olgan "Karvonsaroy" spektaklini namoyish etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi o'z gastrol safarini boshladi. Joriy yilning 10-mart kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi Tojikiston Respublikasiga gastrol safariga jo'nab ketdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi o'z gastrol safarini boshladi. Joriy yilning 11-mart kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi Tojikiston Respublikasining Dushanbe shaxriga yetib bordi. Tojikiston Davlat qo'g'irchoq teatri jamoamizni katta tantana bilan kutib oldi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri Tojikiston Respublikasiga yetib bordi. Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasini O'zbekiston Reapublikasining Tojikiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Ergash Raxmatullayevich Shasmatov qabul qiladi. Uchrashuv qiziqarli tarzda ikki Davlatni madaniy hamkorligida kelgusida olib boriladigan masalalar borasida bo'lib o'tdi.
Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri o'z namoyishlari bilan Tojikiston xalqining qalbidan chuqur joy oldi. Tojikiston Respublikasi Davlat qo'g'irchoq teatriga tashrif buyurgan tomoshabinlar namoyishlarimizni katta mamnuniyat bilan qarshi oldilar. Kelgusida Tojikiston va O'zbekiston madaniy aloqalari yuksak cho'qqilarni zabt etishiga ishonamiz.
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrining Tojikiston Respublikasiga gastrol safari davom etmoqda.
Tojikiston Respublikasi Lo‘xtak teatri direktori Safarzoda Izatullo Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatr jamoasini qabul qildi. Qabulda kofe breyk tashkillanib ikki jamoani kelgusidagi, hamkorlikdagi ijodiy ishlari borasida maslaxatlashildi. Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ko‘rsatilayotgan e'tibordan mamnun.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida" 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrining Tojikiston Respublikasiga gastrol safari davom etmoqda.
Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Dushanbe shahrining diqqatga sazovor joylariga jumladan Koxi Navro‘z Botanika bog‘iga ekskursiya uyushtirildi.
Tojikiston Respublikasi Davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori Safarzoda Izzatullo hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Farg‘ona viloyat Qo‘g‘irchoq teatri direktori Tavakkal Sultonovlar teatrlararo hamkorlik Memorandumi imzoladilar. Ikki jamoa o‘rtasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar borasida kelishib oldilar.
2022-yil 21-mart Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri I. Karimov nomidagi teatr konsert saroyi maydonida va Al-Farg‘oniy nomidagi madaniyat va istiroxat bog‘ida umumxalq "Navro‘z" ayyomi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda faol ishtirok etib, o‘z tomoshalari bilan yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashdi.
Shu bilan birga bugun Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida "Teatr tomoshalari haftaligi" boshlandi. Haftalikning ilk kunida teatr jamoasi aziz mehmonlarni bayramona kayfiyatda, kuy-qo‘shiqlar bilan qarshi oldilar va ular uchun "Oltin jo‘ja" spektaklini namoyish etdilar. Tomoshabinlar spektakldan maroqli dam oldilar.
2022-yil 23-mart kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi haftalikning 3-kunida katta-yu-kichik mehmonlarni bayramona kayfiyatda kutib olib, ular uchun repertuarlarimizdan o‘rin olgan "Samolarda uchgan alloma" nomli spektaklini namoyish etdi.
Spektakldan so‘ng, bolajonlar teatr fayesida tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan tanishdilar va teatrning maxoratli aktyorlari qiziquvchan bolajonlarimizga qo‘g‘irchoq turlari, ularni mexanikasi va ijro etilishi haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o‘tishdi. Shundan so‘ng, bolajonlar teatrimizga o‘zlarining iliq va samimiy tilaklarini bildirishdi.
2022-yil 24-mart kuni "Teatr tomoshalari haftaligi" ning to‘rtinchi kunida Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri "Bolalar studiyasi" o‘quv markazi o‘quvchilari ishtirokida "Bizning teatr" mavzusida seminar o‘tkazdi. Ushbu seminar oldidan o‘quvchilar teatr fayesida tashkil etilgan ko‘rgazmalar, dekoratsiyalar bilan yaqindan tanishishdi.
Seminarda o‘quvchilar maxoratli aktyorlar tomonidan teatr haqida qo‘g‘irchoq turlari, mexanikasi, ijro etilishi haqida ko‘plab qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Seminar davomida qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi. Ajoyib ijodiy suxbatdan so‘ng aziz mexmonlarimiz uchun "Samolarda uchgan alloma" nomli spektakl namoyish etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yetim bolalar va ota-ona qaramogʼidan maxrum boʼlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora tadbirlari toʼgʼrisida" 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida
2022-yil 25-mart kuni Fargʼona viloyati qoʼgʼirchoq teatri Fargʼona "Muruvvat" nogironligi boʼlgan bolalar uchun internat uyiga tashrif buyurib, tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun repertuarlarimizdan oʼrin olgan "Sogʼlom tanda-sogʼ aql " spektaklini namoyish etdi.
2022-yilning 26-mart kuni "Teatr tomoshalari xaftaligi" doirasida xaftalikning oltinchi kunida Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri o‘z muxlislarini ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar. Bolajonlar teatr fayesida tashkil etilgan ko‘rgazmalar, dekoratsiyalar, qo‘g‘irchoqlar bilan tanishdilar.
Spektakl oldidan Teatr direktori T. Sultonov so‘zga chiqib, bolajonlarga teatr xaqida bir qancha ma’lumot berib o‘tdilar va tomoshabinlarga maroqli xordiq tilagan xolda spektaklga navbat berdilar. Teatr sevar muxlislar e’tiboriga buyuk bobokalonimiz Al-Farg‘oniyning bolalik siymosi aks etgan, Sh.Murodov asari, rejissor S. Seduxin saxnalashtirgan "Samolarda uchgan alloma" spektakli namoyish etildi
27-mart " Xalqaro teatr kuni " xamda 21-27-martgacha bo‘lib o‘tgan " Teatr tomoshalari xaftaligi " ning yopilishi Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida tantanali ravishda o‘tkazildi.
Tadbirda, Farg‘ona viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Jaxongir Tojiboyev, teatrlar bo‘yicha mutaxassisi Axad Usmonov, Farg‘ona viloyati xokim o‘rinbosari mutaxassisi Ulug‘bek Xasanov xamda Madaniyat sport va turizm xodimlari, K.U.F.V birlashgan qo‘mitasi raisi Manzura Akramova xam barcha teatr xodimlarini bayram bilan qutlab, teatr fidoiylarini faxriy yorliq xamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlashdi.
Xuddi shunday tabriklar bilan teatr direktori Sultonov Tavakkal Mamajonovich va direktor o‘rinbosari Turg‘un Qosimovlar teatr xodimlarini bayram bilan samimiy qutlab, teatrning tashabbuskor yosh xodimlarini faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlashdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida" 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov taklifiga binoan joriy yilning 4-aprel kuni Tojikiston Davlat qo‘g‘irchoq teatri Farg‘onaga yetib keldi. Aziz mehmonlarni Beshariq tuman hokimligi hamda Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri tantanali ravishda kutib olishdi.
Tojikiston Davlat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi joriy yilning 5-aprel kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri saxnasida Xotam Salimov asari asosidagi rus talqinida "Озорная Принцесса" spektaklini namoyish etib muxlislar qalbidan chuqur joy oldi. Teatrga tashrif buyurgan Farg‘ona shahar 2-maktab o‘quvchilari hamda MTM tarbiyalanuvchilari ajoyib spektaklni katta mamnuniyat bilan qarshi oldilar! Spektakl bolajonlarda katta taassurot qoldirdi va spektakldan so‘ng tomoshabinlar jamoaga o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi.
2022 yil 6-aprel kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Asqarov Mardonbek rejissyorligida sahnalashtirilgan E. Chepovetskiy asari asosidagi "Xushchaqchaq sichqoncha " spektaklining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Badiiy kengashi va jamoat ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
Spektakl ko‘rigiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Teatr va Sirk san’atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mahmudbay Aytniyazov, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi repertuar-taxririyat mudiri Shorustam Abidov, O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori Shomurod Yusupov, Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi mutaxassisi Axad Usmonov, Farg‘ona viloyati O‘zbek musiqali drama teatri direktori Saidjon Mirzayev, Farg‘ona viloyati rus drama teatri direktori Yulya Madaliyeva, bosh rejissyori Anvar Abdullayevlar ishtirok etib, o‘z fikr va muloxazalarini bildirishdi.
Spektakl bir ovozdan komissiya a’zolari tomonidan qabul qilindi va premeraga ruxsat berildi.
Tojikiston Respublikasi Davlat qo‘g‘irchoq teatri jamoasining Farg‘ona viloyatiga gastroli davomida Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrining bir guruh jamoasi bilan birgalikda Marg‘ilon shahar Madaniyat uyida Tojikiston qo‘g‘irchoq teatrining X. Salimov asari asosidagi rus talqinida "Озорная Принцесса" spektakli bilan mehmonda bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Teatr va Sirk san'atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maxmudbay Aytniyazov, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi repertuar-taxririyat mudiri Shoruslom Obidov, O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissori SHomurod Yusupovlar Nargis Rozikzodani esdalik sovg‘alar bilan taqdirlashdi.
Tojikiston Respublikasi Davlat qo‘g‘irchoq teatrining Farg‘ona viloyatiga gastrol safari qizg‘in davom etmoqda. Bugun 8-aprel Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrining bir guruh jamoasi hamda Tojikiston Respublikasi Davlat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi So‘x tumaniga yetib borishdi.
U yerda mehmonlarimizni tantanali ravishda kutib olindi. Tojikiston Davlat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi X.Salimov asari asosidagi " Malikai sho‘x" spektaklini tojik tilida namoyish etib bolajonlar qalbidan chuqur joy oldi.
Joriy yilning 11-aprel kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi xamda Tojikiston Respublikasi lo‘xtak teatri jamoasi Qo‘qon shaxrida bo‘ldilar. Qo‘qon shaxar drama teatrida "Ozornaya prinsessa" spektaklini namoyish etib, Qo‘qonning tarixiy yorgorliklaridan "Xudoyorxon o‘rdasi" xamda "Allomalar muzeyi"da ekskursiyada bo‘lib qaytdilar.
Joriy yilning 12-aprel kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchok teatrida E.Chepovetskiy asari asosidagi "Xushchaqchaq sichqoncha" spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi.
Saxnalashtiruvchi rejissyor:
M.Asqarov
Saxnalashtiruvchi rassom:
M.Xalifayev
Bastakor: A.G‘ofurov
Spektaklga Farg‘ona shaxar 11-sonli MTM ning jajji bolajonlari tashrif buyurib, spektaklni ko‘tarinki kayfiyatda, zavq bilan tomosha qilishdi va yuqori saviyada ko‘nikma olishdi.
Gastrol davomida 2022-yilning 12-aprel kuni Tojikiston Respublikasi Lo‘xtak teatri jamoasi Farg‘ona viloyati rus drama teatrida bo‘lib "Ozornaya prinsessa" spektaklini namoyish etdi. Tojikistonlik ijodiy xamkorlarimizni Rus drama teatri jamoasi xamda Millatlar markazi ajoyib namoyishlar bilan tantanali ravishda kutib olishdi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi tegishli farmoyishi asosida Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi umumxalq hayriya hasharida ishtirok etdi. Teatr binosida obodonlashtirish ishlari bajarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at soxasining jamiyat hayotidagi o‘rni va tasirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PF-6000-sonli farmoni va 2021-yil 4-5-fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining 100.1-bandi ijrosini ta'minlash, jumladan Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida qo‘shimcha bino qurish ishlari boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-112-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Surxondaryo viloyatiga yetib bordi.
Surxondaryo qo‘g‘irchoq teatri jamoasi jamoamizni tantanali ravishda kutib olishdi.
Bugun 10-may Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi "Musiqali choyxona" spektakli namoyish etdi, tomoshabinlar spektaklni ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar.
Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrining Surxondaryo viloyatiga gastrol safari qizg'in davom etmoqda.2022-yilning 11-may kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi Surxondaryo qo'g'irchoq teatri saxnasida maktab o'quvchilari uchun "Musiqali choyxona"spektaklini namoyish etdi. Spektakl tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi 11-may kuni Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor joylaridan biri Muhammad AT-Termiziy ziyoratgohida sayohatda bo'ldilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-112-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Farg‘ona viloyatiga gastroli doirasida 12-may kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri saxnasida "Botir bola" spektaklini namoyish etdi.
Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrining Qashqadaryo viloyatiga gastrol safari qizg'in davom etmoqda. Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida "Musiqali choyxona" spektakli bilan mehmonda bo'ldi. Tomoshabinlar spektaklni ko'tarinki kayfiyatda qarshi oldilar.
Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi Qashqadaryo viloyatiga gastrol safari davomida 2022-yilning 15-may kuni Qashqadaryo viloyatining diqqatga sazovor joylaridan biri "Abu-Ubayda Ibn Al-Jarrox "ziyoratgohida sayohatda bo'ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at soxasining jamiyat hayotidagi o‘rni va tasirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PF-6000-sonli farmoni va 2021-yil 4-5-fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining 100.1-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida qo‘shimcha bino qurish ishlari davom etmoqda. Teatr uchun aktyorlar xonasi, rassomlar xonasi, sanuzel va boshqa xonalar qurish rejalashtirilgan.
Joriy yilning 24-26-27-may kunlari Farg'ona shahar 52-sonli MTT da bo'lib o'tgan tadbirda Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi o'zining qiziqarli shou dasturlari bilan mehmonda bo'ldi.
Teatr va kino aktyori Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri raxbari Tavakkal Sultonov tantanali ravishda O'zbekkino milliy agentligi O'zbekiston kinoarboblari uyushmasi a'zoligiga qabul qilindi. A'zolik guvoxnomasini kino arboblari uyushmasi raisi Matyoqub Matjonov ustozlar Ergashev Isamatov, Dilorom Karimovalar tantanali ravishda topshirdilar.
Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi 2022-yilning 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan O'zbekiston Nogironlar Assosiatsiyasi Farg'ona hududiy bo'limi tomonidan "Palma" dam olish kafesida o'tkazilgan tadbirda hamda "Bolajon" dam olish kafesida bo'lib o'tgan tadbirda o'z chiqishlari bilan faol ishtirok etdi.
Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi 2022-yil 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan teatrga tashrif buyurgan bolajonlarni bayramona kayfiyatda kutib olib ular uchun "Xushchaqchaq sichqoncha" spektaklini namoyish etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-112-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida o‘tkazilayotgan Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining an'anaviy XIII ko‘rik festivalida ishtirok etish uchun Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.
Oʼzbek Milliy qoʼgʼirchoq teatri sahnasida Respublikasi qoʼgʼirchoq teatrlarining anʼanaviy XIII koʼrik-festivalining tantanali taqdirlash va yopilish marosimi boʼlib oʼtdi.
Festivalda Fargʼona viloyati qoʼgʼirchoq teatrining “Samolarda uchgan alloma” spektakli rassomi Sergey Seduxin “Eng yaxshi stsenograf-rassom” nominatsiyasi
bilan Madaniyat vazirligi diplomi bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-112-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 19-iyun kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi "Farg‘ona TES" xodimlari farzandlari uchun teatr saxnasida "Karvonsaroy" spektaklini namoyish etdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining "Etim bolalar va ota-ona qaramogʼidan maxrum boʼlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora tadbirlari toʼgʼrisida" 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida
2022-yil 20-iyunь kuni Fargʼona viloyati qoʼgʼirchoq teatri Fargʼona "Muruvvat" nogironligi boʼlgan bolalar uchun internat uyiga tashrif buyurib, tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun repertuarlarimizdan oʼrin olgan "Karvonsaroy " spektaklini namoyish etdi.
2022 yil 25-iyun kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Sergey Seduxin rejissyorligida sahnalashtirilgan L.Lopeyska,G.Krchulova asari asosidagi "Aistyonok i pugalo " spektaklining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Badiiy kengashi va jamoat ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
Spektakl ko‘rigiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Teatr va Sirk sanʼatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mahmudbay Aytniyazov, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi repertuar-taxririyat mudiri Shorustam Obidov, O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri direktori Hotam Oxunov , Teatr arboblar uyushmasining bosh mutaxassisi Toxir Do‘stmuxammedov, Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi mutaxassisi Axad Usmonov, Farg‘ona viloyati rus drama teatri direktori Yulya Madaliyeva, ishtirok etib, o‘z fikr va muloxazalarini bildirishdi.
Spektakl bir ovozdan komissiya aʼzolari tomonidan qabul qilindi va premeraga ruxsat berildi.
Joriy yilning 29-iyun kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchok teatrida L.Lopeyska,G.Krchulova asari asosidagi "Aistyonok i pugalo" spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi.
Saxnalashtiruvchi rejissyor:
S.Seduxin
Saxnalashtiruvchi rassom:
S.Seduxin
Bastakor: A.G‘ofurov
Spektaklga Marg‘ilon shaxar "Star kids" xususiy MTM ning jajji bolajonlari tashrif buyurib, spektaklni ko‘tarinki kayfiyatda, zavq bilan tomosha qilishdi va yuqori saviyada ko‘nikma olishdi.
2022-yil 1-avgust kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi, teatr saxnasida Qo‘shtepa tumani xususiy "Чудо малыша" MTT tarbiyalanuvchilari uchun "Xushchaqchaq sichqoncha spektaklini namoyish etdi.Bolajonlar spektakldan maroqli dam oldilar.
Joriy yilning 23-24-avgust kunlari Farg'ona viloyati hokimligi hamda homiylar tomonidan viloyatdagi 600ga yaqin ijtimoiy ko'makka muxtoj bo'lgan, daftarlarga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun o'tkazilgan sunnat to'yida Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi faol ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bugun 28-avgust kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi Andijon viloyati mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va ehtiyojmand oilalarning farzandlari uchun hayriya sifatida "Samolarda uchgan alloma" spektaklini namoyish etdi.
O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Farg'ona "Muruvvat" nogironligi bo'lgan bolalar uchun internat uyida bugun 30-avgust kuni bo'lib o'tgan tadbirda Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi "shou konsert" dasturilari bilan hayriya sifatida ishtirok etdi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Farg’ona viloyati qo’g’irchoq teatrida “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi. Teatrga tashrif buyurgan tomoshabinlarni bayramona kayfiyatda kutib olinib, teatr faoliyati bilan tanishtirildi. 50 dan ziyod tomoshabinlar etiboriga S.Seduxinning “Musiqali choyxona “ spektakli namoyish etildi.
Qozog'iston Respublikasi Aqtobe viloyati "Alaqay" qo'g'irchoq teatrida "Assalomu alaykum" VI Xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlar ko‘rik festevalida ishtirok etish uchun Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Qozog'iston Respublikasi Aqtobe viloyati "Alaqay" qo'g'irchoq teatrida "Assalomu alaykum" VI Xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlar ko‘rik festevalida ishtirok etish uchun Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ayni damda Qozog‘iston Respublikasi Aqtobe viloyatiga yetib bordi. Jamoamizni "Alaqay" qo‘g‘irchoq teatri jamoasi mamnuniyat bilan kutib olishdi.
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ayni damda Qozog‘iston Respublikasi Aqtobe shahrida. Bugun 19-sentyabr kuni festeval oldidan Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi hamda "Alaqay" qo‘g‘irchoq teatri derektori Asiye Tajibekovna bilan qizg‘in suxbat bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasi Olmota qo‘g‘irchoq teatri rahbari Almat Abduraxmanov bilan uchrashuvda bo‘lib, Ijodiy tanishuv, do‘stlashuv davomida Almat Abduraxmanov Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri rahbari Tavakkal Sultonovga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi hamda Sankt-Peterburg qo‘g‘irchoq teatri rahbari, festeval juri a'zosi Burman David Semenovich bilan tanishuv va ijodiy qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.
2022-yil 21-sentyabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi "Assalomu alaykum" VI Xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlar ko‘rik festevalida "Musiqali choyxona" spektakli bilan ishtirok etdi.
Spektakl juri a'zolariga judayam yoqdi va o‘zlarini iliq fikrlarini bildirishdi.Sankt-Peterburgdan tashrif buyurgan juri a'zosi Burman David Semenovich Sankt-Peterburgda 2023-yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan "Петушок" nomli festevaliga Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasini "Musiqali choyxona" spektakli bilan taklif etdi.
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasi Aqtobe viloyati "Alaqay" qo‘g‘irchoq teatrida "Assalomu alaykum" VI Xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlar ko‘rik festevalida S. Seduxinning "Musiqali choyxona" spektakli bilan ishtirok etib
"Eng yaxshi aktyorlik ansambli" nominatsiyasi bilan faxrli 3- o‘rinni egalladi.
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasi Aqtobe viloyatida bo‘lib o‘tgan festevalni tugatib qaytdilar. Olmota shahrida Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrini Olmota qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ko‘tarinki kayfiyatda kutib olib Olmota qo‘g‘irchoq teatriga ekskursiyaga taklif etdi.
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasi Aqtobe viloyatida bo‘lib o‘tgan festevalda O‘zbekiston nomidan qatnashib faxrli 3-o‘rinni egallab qaytdi. Bugun 27-sentyabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida jamoamizni tantanali ravishda kutib olindi.
2022-yil 21-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida S.Seduxin rejissorligida sahnalashtirilgan G. H. Andersenning asari asosidagi "Irkit o‘rdakcha" spektaklining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Badiy kengashi va jamoat ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
Spektakl ko‘rigiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi teatrlar va sirk san'atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i O. Jo‘rayev, O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri direktori X. Oxunov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi repertuar-taxririyat mudiri Sh. Obidov, O‘zbekiston san'at va madaniyat insitutining katta o‘qituvchisi M. Umarov ishtirok etib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Spektakl bir ovozdan komissiya a'zolari tomonidan qabul qilindi va premyeraga ruxsat berildi.
oriy yilning 22-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida G.H. Andersen asari asosidagi "Irkit o‘rdakcha" spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Sahnalashtiruvchi rejissor: S. Seduxin
Sahnalashtiruvchi rassom: V. Tsoy
Bastakor: A. G‘ofurov
Spektakl premyerasiga Farg‘ona davlat universiteti talabalari tashrif buyurib, spektaklni ko‘tarinki kayfiyatda tomosha qilishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi" PQ-112-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Navoiy viloyatiga yetib borib 2022-yil 25-oktyabr kuni Navoiy viloyati Nurota tumani madaniyat markazida maktab o‘quvchilari uchun "Musiqali choyxona" spektaklini namoyish etdi.
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrining Navoiy viloyatiga gastrol safari davomida bugun 26-oktyabr kuni Navoiy viloyati 8-maktab o‘quvchilari uchun "Musiqali choyxona" spektaklini namoyish etdi. Tomoshabinlar spektaklni ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar.
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrining Navoiy va Buxoro viloyatlariga gastrol safari qizg‘in davom etmoqda bugun 27-oktyabr kuni teatr jamoasi Buxoro shahri 21-maktab o‘quvchilari uchun "Musiqali choyxona" spektaklini namoyish etdilar. Bolajonlar spektakldan maroqli xordiq olishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi" PQ-112-sonli qarori ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi joriy yilning 27-29-oktyabr kunlari Buxoro viloyati gastrol safari davomida" Musiqali choyxona " spektaklini yuqori saviyada mohirona ijro etdi. Buxoro viloyati Filarmoniyasi rahbari Rauf Avezov tomonidan bayramona dasturxon bezatilib, teatr jamoasini bolajonlarga ko‘rsatgan madaniy xizmatlarini yuqori saviyada baholagan holda Buxoro viloyati Madaniyat Boshqarmasi tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
2022-yil 16-noyabr kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi teatr sahnasida Marg'ilon shahar alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 22-maktab-internati bolalari uchun " Oltin jo'ja" spektaklini hayriya sifatida namoyish etdi.
2022-yil 17-noyabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi teatr sahnasida "Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi" o‘quvchilari uchun repertuarlarimizdan o‘rin olgan "Karvonsaroy" spektaklini namoyish etdi.Bolajonlar spektakldan maroqli dam olishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida
2022-yil 1-dekabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Farg‘ona "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyiga tashrif buyurib bolajonlar uchun "Karvonsaroy" spektaklini namoyish etdi.
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori T. Sultonov hamda oliy toifali aktyor Sh. Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasining 30 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Joriy yilning 18-dekabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida muallif M.Asqarov, M.Mo‘minovaning "Qorboboning sehrli kukuni" nomli Yangi yil spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Spektakl premyerasini bolajonlar yuqori kayfiyatda qarshi oldilar.
2022-yil 21-22-dekabr kunlari Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Farg‘ona viloyati Toshloq tumani 3-8-maktab o‘quvchilari va Farg‘ona tumani 33-maktab o‘quvchilari uchun "Qorboboning sehrli kukuni" nomli yangi yil ertak tomoshasini namoyish etdi.Bolajonlar spektaklni ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar.
2022-yil 23-dekabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Farg‘ona viloyati Toshloq tumani 51-maktab o‘quvchilari hamda Farg‘ona shahar 6-maktab o‘quvchilari uchun "Qorboboning sehrli kukuni" nomli yangi yil ertak tomoshasini namoyish etdi.
2022-yil 24-dekabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi teatr sahnasida Farg‘ona shahar 72.53-sonli Xarbiy qism hamda Farg‘ona shahar Hamkorbank xodimlari farzandlari uchun "Qorboboning sehrli kukuni" nomli yangi yil ertak tomoshasini namoyish etdi.
2022-yil 26-dekabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi teatr sahnasida Farg‘ona viloyati 1-sonli Nurli maskani tarbiyalanuvchilari uchun hayriya sifatida "Qorboboning sehrli kukuni" nomli yangi yil ertak tomoshasini namoyish etdi.
2022-yil 29-dekabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri I.Karimov nomidagi Teatr Konsert Saroyida Farg‘ona viloyati "Prezident archasi" bayram tadbiriga atalgan "Yangi yilning yangi ertagi" nomli Yangi yil ertak tomoshasini taqdim etdi. Bolajonlar spektaklni ko‘tarinki kayfiyatda qabul qildilar.Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, bolajonlarga Prezident sovg‘alarini taqdim etdi. Tadbirga viloyatlarimizdan jami 900 dan ziyod kam taminlangan, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi bolajonlari tashrif buyurdi.
2023-yil 12-fevral kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida Hazrat Alisher Navoiyning 582 yilligiga bag'ishlab, B.Matniyazov rejissorligida sahnalashtirilgan A.Navoiyning "Sher va Durroj" spektaklining O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligining teatrlar va sirk san'atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i O.Jo'rayev boshchiligidagi mutaxassislardan iborat badiy kengash va jamoat ko'rigi bo'lib o'tdi.Spektakl bir ovozdan komissiya a'zolari tomonidan qabul qilindi va premyeraga ruxsat berildi