" O`zbekteatr " ijodiy ishlab chiqarish birlashmasining 2008 yil18 fevral kungi 23-sonli buyrug`iga asosan teatr direktori T.M.Sultonov, teatr bosh rejisseri X.Xakimovlar tayinlandi. 2015 yil 1 aprel kunidan "O'zbekteatr" ijodiy ishlab chiqarish birlashmasining 30-K sonli buyrug'iga asosan Yusupov Ulmas Sharobiddinovich teatr direktori etib tayinlandi. O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrug'iga asosan 2017 yil may oyida T.M.Sultonov yana raxbar etib tayinlandi. 2018 yil 20 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining buyrug'i asosida Mirzayev Saidjon Xaydarovich teatr direkori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2022- yil 3-fevral kungi 30-K sonli buyrug'iga asosan S.T.Mamajonovich teatr direktori etib tayinlandi.
Teatr xodimlarining namunaviy shtat jadvali 52 shtatdan iborat deb tasdiqlangan.
Teatrda 47 ta xodim muddatli mehnat shartnomasi asosida ish yuritmoqda.
Shulardan: Ma'muriy-boshqaruv rahbariyati - 3 nafar va texnik xodimlari - 16 kishi.
Ijodiy gurux - 31 nafar kishi.
Teatr jamoasi asosan yoshlardan iborat. Teatr jamoasiga har yili Toshkent san'at oliygoxi bakalavr, magistr yo`nalishi bo`yicha qo`g`irchoq aktyori mutaxassisligi xamda Farg`ona shahar san'at kolleji qo`g`irchoq teatri mutaxassisligi bitiruvchilari shartnoma asosida ishga kelmoqdalar.