O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MADANIYAT VAZIRLIGI
FARG`ONA VILOYATI
QO`G`IRCHOQ TEATRI
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o`zining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" deb nomlangan asarida - "Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo`lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo`qotsak, bu o`ta muhim ishni o`z qo`liga, o`zibo`larchilikka tashlab qo`yadigan bo`lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo`grilgan va ulardan oziqlangan ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o`zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo`lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin" deydilar.
Teatrning faoliyati quyidagi yo`nalishlardagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi:
Buyuk ma'naviy merosimiz, betakror qadriyatlarimiz, an'analarimizni izchil davom ettirish, ularni yangi davr talablari asosida boyitib borish va rivojlantirish, bu sohadagi ilg`or uslublarni milliy ruh bilan uyg`unlashtirilgan holda teatr san'atiga tadbiq etib borish.
Milliy istiqlol g`oyalariga hamohang, badiiy jihatdan yuksak, xalqchil sahna asarlari yaratish asosida o`zbek milliy teatr san'ati taraqqiyotiga xissa qo`shish.
Xalqimiz ayniqsa yoshlarimiz qalbida milliy g`urur, milliy iftixor tuyg`ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga xurmat, gumanizm g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga barkamol saxna asarlari bilan xissa qo`shib kelishmoqda.
Xozirda teatr Farg'ona shahar Murabbiylar ko`chasi 28-uyda o'z binosida faoliyat yuritib kelmoqda.