Bosh sahifa \ Jamoa \ Ijodiy hodimlar

Ijodiy hodimlar

 

 

photo_2024-03-08_07-18-51

Bosh rejissyor

Asqarov Mardonbek Shavkatjon o'g'li 1998-yil 8-mart kuni Farg'ona shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida 2022-yildan buyon Bosh rejissor vazifasida ishlab kelmoqda.

 

 

 

Ахунов Ф

BADIIY BEZAK VA SAXNALASHTIRISH BO‘LIMI MUDIRI

Axunov Pozil Azimovich 1959 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti o‘rta. 2006 yildan buyon Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatrida Badiiy bezak va saxnalashtirish bo‘limi mudiri vazifasida ishlab kelmoqda. Teatrda saxnalashtirilayotgan barcha spektakllar uchun tayyorlanadigan dekoratsiyalar, saxna bezaklari va rekvizitlarni yaratilishida, spektakl saxna yuzini ko‘rguniga qadar bo‘lgan jarayonga mas’ul, jonkuyar xodimdir.

_DSC1054

Bosh rassom

To'ychiboyeva Xursanoy Dilshodbek qizi. 1999-yil Quva tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 2020-yildan buyon Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida Buttafor-dekorator vazifasida ishlab 2023-yildan Bosh rassom vazifasida ishlab kelmoqda.

photo_2024-09-17_10-53-56

Adabiy emakdosh.

Abdurahmonova Durdona Abdusalom qizi 2002-yil Farg'ona viloyati Oltiariq tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 2024-yil Farg'ona Davlat universitetini tamomlagan. 2023-yildan buyon Farg'ona viloyat qo'g'irchoq teatrida adabiy emakdosh vazifasida ishlab kelmoqda. 

 

photo_2023-09-09_05-55-15

Truppa mudiri.

Arzimbetovna Aruxan Tursunboyevna 1974-yil Qoraqalpog'iston Respublikasi,Shumanay tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oily. 2000-yil M.Uyg'ur nomli Toshkent davlat san'at insitutini tamomlagan. 2021-yildan buyon Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida Truppa mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.

 

 15

Oliy darajali aktyor

 Toshtemirov Po`lat Oripovich 1971 yil Farg`ona viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. "Oq qushlar nidosi" spektaklida qora kalxat, "Sog`lom tanda sog` aql" spektaklida Soqivoy va "Nasriddinning yangi yil sarguzastlari" spektaklida Karabas-Barabas, "Musiqali choyxona" spektaklida Choyxonachi  kabi ko'plab rollarini ijro etgan.

 

  22

 Oliy darajali aktyor

 Axmedov Shokirxo`ja Maxmudxo`jaevich 1986 yil Andijon viloyatida tug`ilgan. Ma'lumoti o`rta maxsus. "Quyonvoyning tug`ilgan kuni" spektaklida bo`ri rolini, "Gumbaz ostidagi afsun" spektaklida qirol, "Bo'l, toza bo'l!" spektaklida Toza-1, "Ochil dasturxon" spektaklida Chol, "Nasriddinning yangi yil sarguzashtlari" spektaklida Jafar rolini va boshqa ko`plab rollarni ijro etgan.

Зилола

Oliy darajali aktrisa

 Boltaboeva Zilola Baxtiyorovna 1989 yil Farg`ona shahrida tug`ilgan. Ma'lumoti o`rta maxsus. "G`oz xunaring oz" spektaklida Alyonka rolini, "Layli va Majnun" spektaklida usta rolini va boshqa ko`plab rollarni ijro etgan.

 

Турдиева  

 Birinchi darajali akrisa

 Turdieva Dildora Ibragimovna 1991 yil Farg`ona shahrida tug`ilgan. Ma'lumoti o`rta maxsus. "Oq qushlar nidosi" spektaklida Mushtariy rolini, "G`oz xunaring oz" spektaklida qurbaqacha va g`ozcha rollarini va boshqa ko`plab rollarni ijro etgan.

 14

     Birinchi darajali aktyor

Akrayev Arslon Toirovich. 1986 yilda Andijon viloyati Marxamat tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti o'rta maxsus. 2005 yil Farg'ona san'at kollejini tamomlab, teatrda o'z ish faoliyatini boshlagan. "Quvnoq mushukcha"  spektaklida Kalamush, "Layli va majnun" spektaklida Majnun, "No'xat bola"  spektalida Yalmog'iz,  "Goz - hunaring oz" spektalida Kirpi, "Sog'lom tanda sog' aql"  spektaklida Soqivoy, "Karvonsaroy" spektaklida Usta Vali rollarini mahorat bilan ijro etib kelmoqda.

 

 

 

40[1]

Ikkinchi darajali aktyor

                 S.Metinova  iste'dodli aktyor sifatida “Gumbaz  ostidagi  afsun ”dagi  dublyor sifatida Sayoxatchi, “Oq qushlar nidosi”dagi dublyor sifatida  Barchinoy, “Badjaxl quyoncha” dagi dublyor sifatidaOlmaxon, Ayiqcha, Masxaraboz, “Mo''jiza” spektaklida dublyor sifatida Choynaklar, “Ochil dasturxon” spektaklida dublyor sifatida Laylakoy, “Nasriddinning yangi yil sarguzashtlari” Mashakabi turli talqindagi katta va kichik rollarni ijro etib, mutaxassislar e'tiboriga va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi. 

Насиба

Birinchi darajali aktyor

 Sabirdinova Nasiba Alimovna 1989 yil Farg`ona shahrida tug`ilgan. Ma'lumoti o`rta maxsus. "Oq qushlar nidosi" spektaklida Oq qush rolini, "Bukri oshpaz" spektaklida  G'oz, Gretxin, Qizcha, "Gusyonok"da Tulki, "Oltin jo'ja"da Tulki, "Musiqali choyxona"da Sayyox va boshqa ko`plab rollarni ijro etgan.

 

69

Ikkinchi darajali aktyor

Farxiddinov Jaloldin Fayozdin o'g'li. 1999 yilda Farg'ona viloyatida tug'ilgan. 2018 yil Farg'ona san'at kollejini tamomlagan. Shu yildan Farg'ona viloyat qo'g'irchoq teatrida Ikkinchi darajali aktyor vazifasida ishlab kelmoqda.

_DSC1234

Birinchi toifali aktyor

Nishanova Feruza Baxtiyorovna. 1985-yil Farg'ona shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti o'rta maxsus. 2021-yildan buyon Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida Birinchi toifali aktyor vazifasida ishlab kelmoqda. 

 

29

Ikkinchi  toifali aktyor

Isroilov Sanjar Sherzod o'g'li. 1995-yil Farg'ona shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti o'rta maxsus. 2014-yil Farg'ona san'at kollejini tamomlagan. 2021-yildan buyon Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida Ikkinchi toifali aktyor vazifasida ishlab kelmoqda. 

photo_2024-04-02_09-15-28

Ikkinchi  toifali aktyor

Isroilova Mahliyoxon Abduqodir qizi. 2005-yil Farg'ona viloyati Yozyovon tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti o'rta maxsus. 2023-yil Farg'ona san'at kollejini tamomlagan. 2023-yildan buyon Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida Ikkinchi toifali aktyor vazifasida ishlab kelmoqda. 

 

photo_2024-05-16_06-55-59

Ikkinchi  toifali aktyor

Xasanova Nodira Akbarjon qizi. 2000-yil Farg'ona viloyati Quvasoy shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti o'rta maxsus. 2019-yil Farg'ona san'at kollejini tamomlagan. 2022-yildan buyon Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida Ikkinchi toifali aktyor vazifasida ishlab kelmoqda. 

Rekvizitor

Xamraliyeva Dildora Neymatovna. 1986-yil Farg'ona shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti o'rta maxsus. 2017-yildan buyon Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida Rekvizitor vazifasida ishlab kelmoqda. 

 

photo_2021-11-09_09-34-08

Kastyumer

Sharopova Hilolaxon Nusratillo qizi. 1992-yil Farg'ona shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti o'rta. 2021-yildan buyon Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida Kastyumer vazifasida ishlab kelmoqda. 

 

 

 

 

Farzandingizni eng baxtli onlari biz bilan birgalikda

           

Контакты
Телефон:
Адрес:
г. Фергана ул. Мураббийлар дом №28.