Home \ Teatr tarixi

Teatr tarixi

       

1989 yil Farg‘ona shaxrida Bolalar – teatr studiyasiga asos solindi. Teatr-studiyaga O‘zbekiston xalq artisti B.Qoriyeva va I.Tursunovlar asos solishgan.

                               untitled4                                   untitled2                      

Truppaning asosini K.Turdaliyev, T. Sultonov, N.Maslova, I.Xotamov, A.Xomidjonov va boshqalar tashkil qilishgan. Teatr-studiyaga X.Xakimov badiiy raxbar etib tayinlangan.

                                       untitled3                                          untitled1

2014 yil 20 mart Farg‘ona viloyat xokimi Sh.G‘aniyev tashabbusi bilan Farg‘ona shaxar xokimining 07.07.2012 yil 955-sonli qaroriga asosan, A.Farg‘oniy nomli oromgox xududida teatrga yangi bino topshirildi.

dsc_0378

Teatr-studiyaning birinchi spektakllari:

  1. Qo‘g‘irchoqbozlar tomoshasi – G‘ayratiy asari –rejissyor X.Xakimov.

  2. Sirli sandiq – O.Tolipov asari – rejissyor M.Ashurova

  3. G‘aroyib poyga – Ye.Speranskiy asari – rejissyor M.Yusupov

1993 yil teatr-studiyaga Davlat qo‘g‘irchoq teatri maqomi berildi.

Erishgan yutuqlari:

  1. 1993 yil Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining IV-festivalida “Uch apelsin” spektakli (I.Kolvina asari, rejissyorlar – M.Yusupov va X.Xakimov) bilan qatnashib, “Eng yaxshi musiqali spektakli” nominatsiyasini qo‘lga kiritgan.

  2. 1995 yil Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining V-festivalida “Irkit o‘rdakcha” spektakli (V.Senakevich asari, rejissyor – X.Xakimov) bilan qatnashib, “Eng yaxshi rejissura, rassom, musiqa, ayol roli” yo‘nalishlari bo‘yicha sovrindor bo‘ldi.

  3. 2000 yil Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining VI-festivalida “Alpomish” spektakli (o‘zbek xalq dostoni, rejissyor – Sh.Yusupov) bilan qatnashib, “Eng yaxshi spektakl, musiqa, rassom, qo‘g‘irchoqlar” nominatsiyasi bo‘yicha sovringa ega bo‘ldi.

  4. 2013 yil Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining IX-festivalida “O‘z uyingni o‘zing qadrla” spektakli(muallif va rejissyor -M.Ashurova) bilan qatnashib, “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.

  5. 2016 yil Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining X-festivalida “Samolarda uchgan alloma” spektkli(Sh.Murodov asari, rejissyor A.To‘rayev) qatnashib, “Eng yaxshi rassomchilik ishi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin sovrindori bo‘ldi.

           

Chet elga ijodiy safarlar:

  1. 1996 yil Tatariston Respublikasi Qozon shaxri. “Oltin jo‘ja” spektakli(muallif V.Orlov, rejissyor M.Ashurova).

  2. 1997 yil Germaniya. “Ming bir kecha” spektakli(mualliflar –I.Tursunov va X.Xakimov, rejissyor X.Xakimov)

“Debyut” festivali.

2014 yil V-Respublika festialida “Bo‘l, toza bo‘l!” (K.Chukovskiy asari, rejissyor – A.To‘rayev) spektakli bilan qatnashib, “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” – 2-o‘rin, “Eng yaxshi rassomlik ishi” – 3-o‘rin, “Eng yaxshi debyut rol ijrochisi” – 3-o‘rinni egalladi.

                       DSC_0850                                        DSC_0823

 

Viloyat miqyosida erishilgan yutuqlar:

1.2013 yil Viloyat xokimi tomonidan o‘tkazilgan “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O‘zbekiston!” shiori ostida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning “Eng yaxshi saxna ko‘rinishi” nominatsiyasi bo‘yicha “O‘z uyingni o‘zing qadrla” spektakli bilan 1-o‘rin soxibi bo‘ldi.

 

2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilini munosib yakunlash xamda kirib kelayotgan Yangi yil bayramiga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishda faollik ko‘rsatganligi, aholiga ko‘rsatgan sifatli teatr xizmati uchun “Eng yaxshi teatr jamoasi” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

DSC_0257  Саиджон

 

Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri 2015 yildan buyon Viloyatda o‘tkazilib kelinayotgan “Prezident archasi” bayram tadbirining asosiy tashkilotchisi.

Farzandingizni eng baxtli onlari biz bilan birgalikda

           

Контакты
Телефон:
Адрес:
г. Фергана ул. Мураббийлар дом №28.