Home \ "Oqqushlar nidosi " spektakliga anotatsiya

"Oqqushlar nidosi " spektakliga anotatsiya

M.X.Ashurovaning  " Oq qushlar  nidosi " p'esasi  zamon  ruhida  yozilgan  bo`lib,  unda  o`z yurti,  uning  go`zal  tabiati,  unda  yashovchi  tinchlik  va  ozodlik  kuychisi ( ramzi )  bo`lmish oq  qushlar  qamda  shu yurtni  avaylab, asrab  uning  bugungi  kuni   va  kelajagini  asrab kelayotgan  fidoyi  yoshlarning qahramonliklari  turli  obrazlar  orqali  yoritilib berilgan.  P'esadagi  salbiy  kuchlar  o`z talqinini  qora  kalxat  qushlar  obrazi orqali berilgan. qora  kalxatlar  bu  tinch-totuv  hayotga suqulib  kirmoqchi  bo`lgan,  qora niyatli  ba'zi  unsur  kimsalar  haqida  bo`lib,  bu  asarda  ularning qora  niyatlari  amalga oshmaydi.  Ular  tabiatni  payxon  qilib,  qushlarni  qafasga  solib,  ba'zi odamlarni ongini  zaharlab,  ularni  o`z  yurtiga  qarshi  kurash  olib  borishga  undaydi.  Yoshlar  qora kalxatlarni  barcha  yovuz  niyatlarini  puchga  chiqarib,  ularni  qattiq  jazolashadi.  Shu bilan  yoshlar o`z  yurtini  ona  tabiatini,  yurt  farzandlarini  qora  niyatli  unsurlardan asrab  qolishadi.

         M.X.Ashurovaning  " Oq qushlar  nidosi "  nomli  asarini  asosiy  maqsadi  yosh tomoshabinlarni abiatni  asrashga  tinchlik  ramzi  bo`lmish  oq  qushlarni  samoni  tark etmaslikka,  tabiatimizni gullab-yashnashiga,  quyoshimizni  nurlari  har  doim  porlab turishiga,  yurtimizni  tinch  bo`lishiga  hamda atan  sajdagohdek  muqaddas  ekanligini, uni  har  doim  xushyor  bo`lib  avaylab-asrashga  undaydi.

      Bir  so`z  bilan  aytganda,  bolalar  bizni  kelajagimiz  bo`lganligi  uchun,  ularni  o`z Vataniga odiq  farzand  bo`lib  yetishish  ularga  yoshlikda  bergan  to`g`ri  ta'lim  tarbiyaga bog`liq  ekanligi  xech kimga  sir emas. M.X.Ashurovaning  " Oq qushlar nidosi "   asari saxna  yuzini  ko`rib,  uni  yosh tomoshabinlarga  namoyish  etilishi  bugungi  yosh  avlodni tarbiyasiga,  uning  dunyoqarashini shakllanishiga  va  xayotda  to`g`ri  yo`l  tanlashiga  katta yordam  beradi.

Farzandingizni eng baxtli onlari biz bilan birgalikda

           

Контакты
Телефон:
Адрес:
г. Фергана ул. Мураббийлар дом №28.