Home \ "Sog`lom tanda sog` aql" spektakliga anotatsiya

"Sog`lom tanda sog` aql" spektakliga anotatsiya

  Sog`lom tanda sog`lom aql" (tomoshada  tomosha) komediya janridagi musiqali saxna asari zamon ruxida yozilgan bo`lib, u o`zbek xalqining milliy an'analariga tayangan xolda uning rang-barang xalq o`yinlari orqali yorqin obrazlar aks ettirilgan.Asar qaxramonlari Xo`ja Nasriddin va sayyox teatr aktyorlari  Boqivoy xamda Soqivoy obrazlaridir. Spektakldagi voqealar rivoji yosh tomoshabinlarni xalqimizning milliy an'analarga asoslangan xalq o`yinlari olamiga yetaklaydi.Unda milliy qo`g`irchoq teatrining qo`g`irchoqbozlikka xos milliy o`yinlari xamda milliy xalq o`yinlaridan   "Kim oladiyo shuginaniyo","o`zbek milliy raqslar guldastasi"," Xo`rozlar va qo`chqorlar bellashuvi", askiya, payrov, "Milliy belbog` kurashi" jonli xamda qo`g`irchoqlar orqali bolalar dunyoqarashidan kelib chiqqan xolda ko`rsatilgan."Bellashuvda kim g`olib bo`lishi mumkin" degan savolga bolajonlar aniq javob oladi.Unda xar tomonlama ag`liy xamda jismoniy jixatdan shakllangan insongina g`alaba qozonishi mumkin.Bunday yo`nalishda albatta sportni axamiyati cheksizdir.

  Asarning asosiy maqsadi sog`lom jamiyatni sog`lom avlod boshqaradi.Shuning uchun yoshlikdan bolalar tarbiyasiga katta axamiyat berib, ularni aqlli, sog`lom, to`g`riso`z , mexnatsevar, vataniga sodiq insonlar qilib tarbiyalashga qaratilgan.M.X.Ashurovaning "Sog`lom tanda sog` aql" asari saxna yuzini ko`rib, yosh avlod tarbiyasiga, sog`lom o`sishiga, uning milliy an'analarimizga sodiq bo`lib, xayotda to`g`ri yo`l tanlashiga yordam beradi.

Farzandingizni eng baxtli onlari biz bilan birgalikda

           

Контакты
Телефон:
Адрес:
г. Фергана ул. Мураббийлар дом №28.