Home \ "O`z uyingni o`zing qadrla" spektakliga anotatsiya

"O`z uyingni o`zing qadrla" spektakliga anotatsiya

"O`z uyingni o`zing qadrla"

  "O`z uyingni o`zing qadrla" pyesasi zamon ruxida yozilgan bo`lib, unda bo`layotgan voqea va xodisalar, yosh tomoshabinni o`z uyining tinchligini asrash, barcha oila a'zolariga mexribon bo`lish,  yurtning farovonligi, tabiat go`zalligini qadrigi yetish, shuningdek atrofdagi insonlarga nisbatan g`amxo`r va muruvvatli bo`lish kabi ezguliklarga undaydi.

  Spektaklni tomosha qilayotgan bolalar o`z yurtiga sodiq farzand bo`lish, unda bo`layotgan yangilanish, yuksalish jarayonlarida bevosita ishtirok etish kabi tushunchalarni o`zlariga singdiradilar. Xar qanday xolatda xam inson o`z yurtida, kindik qoni to`kilgan joydagina o`zini xotirjam va baxtli xis eta oladi, chunki faqat ona vatandagina inson o`zini qurshab turgan yaqinlaridan ma'naviy kuch oladi.

  Bir so`z bilan aytganda kelajagimiz poydevori bolajonlarimiz ekanligi, ularning kelajagi yoshligidanoq berilgan to`g`ri ta'lim tarbiyaga bog`liq ekanligi xech kimga sir emas. Shuning uchun asar yoshlikdan bolalar tarbiyasiga katta axamiyat berib, ularni aqlli, sog`lom, to`g`ri so`z, mexnatsevar, vatanga sodiq insonlar qilib tarbiyalashga qaratilgan. M.X.Ashurovaning "O`z uyingni o`zing qadrla" asari saxna yuzini ko`rib, yosh avlod tarbiyasiga, sog`lom o`sishiga, uning milliy an'analarimizga sodiq bo`lib, xayotda to`g`ri yo`l tanlashga yordam beradi.

Farzandingizni eng baxtli onlari biz bilan birgalikda

           

Контакты
Телефон:
Адрес:
г. Фергана ул. Мураббийлар дом №28.