Home \ "Gumbaz ostidagi afsun " spektakliga anotatsiya

"Gumbaz ostidagi afsun " spektakliga anotatsiya

  " Gumbaz ostidagi afsun" musiqali sarguzasht janridagi maxsus sahna asari  tomoshabinlarga mo`jizaviy ertak olamiga yetaklaydi. Dunyo san'ti turlari ularning ko`z o`ngida taranum etiladi.

    Spektakldagi voqealar rivoji zamonaviylikdan ertak olamidagi jozibali shox saroyi voqealari yo`nalishida kechadi.

    Turli millat vakillariga mansub sayoxatchilar tarix muzeyiga tashrif buyurishadi.Ulardan biri muzey qonun - qoidalariga amal qilmaganligi sababli ertak olamiga, ya'ni shox saroyiga shox vazifasida bo`lib qoladi.Bu san'at sevar shox saroyda dunyo san'atini muxayyo bo`lishini talab qiladi. Saroyda sehr orqali turli millat vakillarining san'atkorlari birin-ketin paydo bo`lib, shoxni o`z san'atlaridan baxramand qilishadi.

     Saxnadagi soyabonlar shaklidagi sahna jixozini aylanishi turli mamlakatlarni bosib o`tgan yo`lni ifodalaydi.

     Spektaklni birinnchi qismi ya'ni muzey voqealari jonli planda kechadi.

Tomoshaning ikkinchi qismi qo`g`irchoq personajlari orqali ko`rsatiladi, hamda qo`g`irchoq turlarining xilma xilligi orqali voqealar tarannum etiladi.

     Spektaklning ikkinchi qismida 9 ta turli xalqlarning milliy raqslari ijrosida voqealar ko`rsatiladi. 

Farzandingizni eng baxtli onlari biz bilan birgalikda

           

Контакты
Телефон:
Адрес:
г. Фергана ул. Мураббийлар дом №28.