Home \ "G`oz jo'jasi - tulki hiylasi" spektakliga anotatsiya

"G`oz jo'jasi - tulki hiylasi" spektakliga anotatsiya

       

N.Gernetning “G‘oz jo‘jasi – tulki xiylasi” asari asosida saxnalashtirilgan ushbu spektakl xar bir zamonda dolzarbligini yo‘qotmagan – ogoxlik mavzusini ilgari suradi. Yosh avlodni xushyorlikka chorlab, xar qanday yot g‘oyalarga aldanmaslikka undaydi. Shu bilan birga bu spektaklda o‘zaro do‘stlik, axillik va xamjixatlik kabi ezgu xislatlar tarannum etiladi. 

  Asar qaxramoni Alyonka ismli qiz, o‘zining g‘oz jo‘jasi – Dorofeyni o‘rmonda o‘tlatib yuradi. Dorofey juda xam qaysar va shumtaka bo‘lib, Alyonkaning aytgan gaplarini bajarmay qaysarlik qilar edi. Bu narsadan juda xam charchagan Alyonka, Dorofeyga ko‘z-quloq bo‘lib turishlarini, birozgina mizg‘ib olishini tomoshabin bolalardan iltimos qiladi. Shu payt ayyor tulki kelib, bolalarni aldab, xiyla yo‘li bilan Dorofeyni o‘g‘irlab ketadi. Dorofeyni g‘oyib bo‘lganidan Alyonka afsus chekadi va yordamga Kirpi amakini chaqiradi. Kirpi amaki juda xam aqlli bo‘lib, tulkining o‘ziga xiyla ishlatadi. Bir, ikki, urinishlar samara bermaydi. Nixoyat, tulki tuzoqqa ilinadi. Alyonka, Kirpi amaki va tomoshabin bolalar birgalikda Dorofeyni tulkining changalidan qutqarib olishadi. Bu p’esa juda xam qiziqarli bo‘lib, aynan bolalar uchun mo‘ljallangan.  

Farzandingizni eng baxtli onlari biz bilan birgalikda

           

Контакты
Телефон:
Адрес:
г. Фергана ул. Мураббийлар дом №28.