Home \ "Oltin joja" spektakliga anotatsiya

"Oltin joja" spektakliga anotatsiya

 

Bor ekan-u, yo‘q ekan, ajoyib bir qishloqda chol-u kampir eshar ekan. Kunlarning birida ularning tovug‘i tuxum qo‘yadi. Tuxum oddiy emas – oltin edi.  Bu voqeadan ayyor Tulki xabar topadi. O‘ylab qo‘ygan rejasini amalga oshirish uchun, sodda, go‘l Bo‘rini o‘ziga sherik qiladi. Ikkita hiylakor sherik “oltin” tovuqni o‘g‘irlash rejasini tuzib chiqishadi. Hayolida ikki qahramon tez fursatda boy bo‘lishib, davru-davron surayotganlari, bunday hayotda yashash lazzatidan bahramand bo‘lish naqadar baxt ekanligini bir zum hayollaridan o‘tkazishadi. Shu hayollar og‘ushida Bo‘ri qishloqqa qarab yo‘lga tushadi.

      Birdan kutilmagan voqea yuz beradi. Tovuqni o‘g‘irlash uchun borgan Bo‘ri, adashib tuxumni o‘g‘irlab keladi. Tulki tuxumni ko‘rib esankirab qoladi va Bo‘riga tuxumni bosib chiqishga buyruq beradi. Chorasiz qolgan Bo‘ri haybatli o‘rmonda tuxum bilan yolg‘iz qoladi. Sekin-asta tuxumni bag‘riga bosib shirin uyquga ketadi. Burining shirin uyqusini tuxumdan chiqayotgan qattiq ovoz uyg‘otib yuboradi. Bo‘rining ko‘z oldida tuxumni yorib jo‘ja chiqib keladi. Yorug‘ dunyoni bir lahza kuzatgan Jo‘ja Bo‘riga “dada” deb murojaat etadi. Umrida bunday so‘zni eshitmagan Bo‘ri dovdirab qoladi. Jo‘jaga o‘z e’tirozini bildiradi, lekin Jo‘ja o‘z so‘zida qat’iy turib, “dada” so‘zini bir necha marotaba takrorlaydi. Bu so‘zlardan erib ketgan Bo‘ri Jo‘jani o‘z o‘g‘lidek qabul qiladi. Uni parvarish qila boshlaydi.

   Bo‘ri  jo‘jaxo‘rozni  o‘g‘irlagan   joyga ,  yani ona-tovuq  oldiga  qaytarib olib  boradi.

Spektaklda  bu  majoziy  qaxramonlar  orqali,  bola  tarbiyasining  ayrm  tomonlariga  e’tibor berishimiz kerakligi  asosiy  g‘oyada  “ barcha  bolalar  o‘z  ota-onalari  bag‘rida  katta  bo‘lishlari”  ko‘rsatib  berilgan.        

 

Farzandingizni eng baxtli onlari biz bilan birgalikda

           

Контакты
Телефон:
Адрес:
г. Фергана ул. Мураббийлар дом №28.