Home \ Yangiliklar

Yangiliklar

 

             

 

 

 

Farg'ona viloyat qo'g'irchoq teatri joriy yilda sahnalashtirilishi rejalashtirilayotgan spektakllarni  badiy kengash a'zolari ishtirokida maketlari, barcha foto lavhalari, ko'rib chiqildi va bir ovozdan maqullandi. 

photo_2024-03-05_14-29-44   photo_2024-03-05_14-29-51   photo_2024-03-05_14-29-49   photo_2024-03-05_14-29-46

 

 

                                                                FARG‘ONA VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRI TOSHKENT VILOYATIDA

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi  PQ-406-son "Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari"  to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida            Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri 2024-yil 20-21-fevral kunlari Toshkent shahriga gastrol safarini tashkil qilib, Toshkent shahar 120-maktab, Toshkent shahar Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 105-sonli maktab- internati, Toshkent shahar 193-sonli informatika va axborot-texnologiyalari faniga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktab o‘quvchilari uchun “Badjahl quyoncha” spektaklini namoyish etdi. 2024-yil 22-23-fevral kunlari Toshkent viloyati Ohangaron va Angren shaharlariga gastrol safari uyushtirilib Ohangaron shahar  4-sonli Ko'p tarmoqli  ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti, Ohangaron shahar 7-sonli Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, Angren shahar "Qo'ng'iroq" nomli 37-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti va Angren shahar 34-sonli Tayanch-harakat a'zolari shikastlangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati    o'quvchilariga “Badjahl quyoncha” spektaklini  namoyish etdi.    Jami  778  nafar tomoshabinga     madaniy xizmat ko‘rsatildi. Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatrining Toshkent viloyatiga gastrol safari muvafaqiyatli yakunlandi.

photo_2024-02-20_15-05-51   photo_2024-02-22_12-48-44     photo_2024-02-22_10-50-51     photo_2024-02-23_13-49-19

photo_2024-02-21_11-51-41    photo_2024-02-21_11-51-22   photo_2024-02-21_11-51-39      photo_2024-02-22_10-50-49

 

 

 

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi  buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan 2024-yil  2-6-7-8-fevral kunlari Marg‘ilon shahar MTT  tarbiyalanuvchilariga hamda   9-fevral kuni teatr sahnasida  "Sher va Durroj" spektaklini namoyish etdi.Shuningdek 2024-yil 7-fevral kuni Farg‘ona shahar "Mehrli maktab" klinikasi  davolanuvchilariga "Sher va Durroj" spektakli hayriya sifatida namoyish etildi.

photo_2024-02-09_13-48-44    photo_2024-02-09_13-49-21   photo_2024-02-09_13-49-01

 

XALQARO HAMKORLIK MEMORANDUMI

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Bo‘ston shahri Lo‘xtak qo‘g‘irchoq teatri bilan Xalqaro  ijodiy hamkorlik Memorandumini imzoladi. Navbatdagi hamkorlarimiz Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati qo‘g‘irchoqbozlari,  bundan buyon ijodiy hamkorlik  davom etadi.

photo_2024-01-21_08-04-13  photo_2024-01-21_08-02-55

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2023-yil 20-24 oktyabr kunlari Qozog'iston Respublikasi Olmaota shahrida bo'lib o'tgan  " ALMATY PUPPET FESTIVAL" I Xalqaro qo'g'irchoq teatrlari festivalida  N.Nasirovaning "AYYORLAR" spektakli bilan ishtirok etib, "YЗДIK АНСАБЛЬ" "ENG YAXSHI AKTYORLAR ANSAMBLI" nominatsiyasi diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

photo_2023-10-25_09-27-01   photo_2023-10-25_09-06-17  photo_2023-10-25_07-57-42

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasi "Almaty Puppet Festival" I Xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlar festivalida. 

photo_2023-10-23_20-40-53

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Xiva shahrida Ichan qal'a tarixiy me'moriy obidasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi bilan birgalikda o‘z chiqishlarini namoyish etib, nafaqat Xorazm xalqi balki chet ellik mehmonlar e'tiborini qozondi.

photo_2023-10-10_10-21-57  photo_2023-10-10_10-21-50  photo_2023-10-10_10-21-47   photo_2023-10-10_10-21-44

 

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga gastrol safari doirasida
 2023-yil 6-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi akademik musiqali drama teatri sahnasida hamda MTT tarbiyalanuvchilari etiboriga o‘zining "Musiqali choyxona" spektaklini namoyish etib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. 
 photo_2023-10-06_13-23-56    photo_2023-10-06_13-24-00   photo_2023-10-06_13-24-25    photo_2023-10-06_13-24-37  

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qoqon shahrida bo‘lib o‘tayotgan « II Xalqaro Hunarmandlar festivali» da o‘z chiqishlari bilan ishtirok etmoqda. 

photo_2023-09-21_13-31-18   photo_2023-09-21_13-31-21   photo_2023-09-21_13-31-22   

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyulda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-241-sonli qarorining 2-ilovasi 25-bandiga muvofiq Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida joriy yilning 1-sentabr kuni “Ochiq eshiklar kuni” hamda teatrning 30-mavsum ochilishi bo‘lib o‘tdi. Teatrga tashrif buyurgan tomoshabinlar e'tiboriga 2 seansda soat  10:00 va 12:00 da B. Parmonov rejissorligida sahnalashtirilgan "Ayyorlar" spektakli namoyish etilib, 180 dan ziyod tomoshabinga madaniy xizmat ko‘rsatildi.

photo_2023-09-01_14-10-54       photo_2023-09-01_14-10-58    photo_2023-09-01_12-24-10

2023-yil 29-iyul kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Qozog‘iston Respublikasi rus drama teatri bosh rejissori rejissorligida sahnalashtirilgan "Ayyorlar" spektaklining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy kengashi va jamoat ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.  Badiiy kengash a'zolari: O.Jo‘rayev, X.Axunov, Sh.Obidov, F.Xodjayev o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Spektakl  bir ovozdan komissiya a'zolari tomonidan xato va kamchiliklarini to‘g‘irlagan holda premyeraga ruxsat berildi.

photo_2023-07-29_22-03-36  photo_2023-07-29_22-03-14  photo_2023-07-29_22-02-12  photo_2023-07-29_22-00-51  

 

2023 yil 18-iyul kuni Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri direktori Sultonov Tavakkal Mamajonovichni tavallud ayyomi teatrda tantanali ravishda nishonlandi. Tabriklash uchun so‘zga 
O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmasi federatsiyasi 
Farg‘ona viloyat madaniyat turizim va sport kasaba uyushmasi qo‘mita raisi M.Akramova o‘zining tabrigini yo‘llab estalik sovg‘alarini topshirdi.Tabriklash uchun so‘zga chiqganlardan Qozoxston xalq artisdi B. Parmanov, 
Uzbekiston Respublikasi san’at arbobi Sh.Abdumalikov, 
Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchok teatri kasaba uyushmasi raisi  G‘. Quvatov 
teatrning oliy toifali aktyori P.Toshtemirov va
teatrning bir qancha ishchi xodimlari tabriklab estalik sovg‘alarini topshirdilar va aktyorlar tomonidan tayyorlangan ajoyib tomosha namoyish etildi.

photo_2023-07-18_15-25-24  photo_2023-07-18_15-25-26   photo_2023-07-18_15-25-29  

Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri va Moskva qo‘g‘irchoq teatrlari o‘rtasida xalqaro Memorandum imzolandi.Teatrlararo kelgusidagi ijodiy hamkorlik, rejissorlar almashinuvi, gastrollar almashinuvi, yangi loyihalar ustida ishlash bo‘yicha kelishilib olindi. Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri Moskva qo‘g‘irchoq teatri faoliyati bilan yaqindan tanishdi va esdalik sovg‘alarini bir-birlariga ulashdi. Moskva qo‘g‘irchoq teatri teatr jamoasini iliqlik bilan kutib olib, Moskva shahriga ekskursiyadan so‘ng jamoani kuzatdi.

photo_2023-06-30_16-24-28  photo_2023-06-30_16-24-29 (2)  photo_2023-06-30_16-24-30  photo_2023-06-30_16-24-29

Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri  24-iyun kuni Невском проспекте "Строгановский"  saroyi oldida Rossiya Federatsiyasi hamda butun dunyodan (Koreya, Xitoy, Eron, Ukraina) davlatlaridan tashrif buyurgan teatrlar orasida o‘zining "Musiqali choyxona" spektaklini namoyish  etdi.  Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlarga sazovor bo‘ldi.  Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri Festivalning "Eng yaxshi spektakl" lauriyati diplomiga sazovor bo‘ldi.

photo_2023-06-23_15-15-54    photo_2023-06-25_10-06-42   photo_2023-06-25_10-06-44

Qozog'iston Respublikasi Astana shahar Milliy qo'g'irchoq teatri rejissori Bekpo'lat Parmonov hamda O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi professor Shuhrat Axmedov Farg'ona viloyat qo'g'irchoq teatrida yangi loyiha ustida ijodiy jarayonni boshladilar.

photo_2023-06-13_14-54-23   photo_2023-06-13_14-54-24   photo_2023-06-13_14-54-25

XALQARO FESTIVAL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi madaniyatni yanada rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida "2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038 sonli qarori  ijrosini ta'minlash maqsadida  Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri Rossiya davlati Vladimirskiy shahrida 4- 9-aprelgacha  online shakilda bo‘lib o‘tgan “Малышок”  III Xalqaro bolalar spektakli ko‘rik festevalida  rus talqinida “Аистёнок и пугало” spektakli bilan ishtirok etib. Diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
 

photo_2023-05-05_15-47-53  photo_2023-05-05_15-47-56   photo_2023-05-05_15-48-00

Farg'ona viloyat qo'g'irchoq teatri Qozog'iston Respublikasi Olmaota Davlat qo'g'irchoq teatri, Kostanay viloyati  qoʻgʻirchoq teatri, Shimkent qo'g'irchoq va yoshlar teatrlari bilan Xalqaro Memorandum imzolanib,kelajakdagi hamkorlik aloqalari kelishib olindi.

photo_2023-04-24_21-47-40   photo_2023-04-24_21-44-50

Qozog'iston Respublikasi Olmaota shahri "Orteke" VI Xalqaro qo'g'irchoq teatrlar ko'rik  festevalining 22-aprel kuni tantanali ravishda ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Farg'ona viloyat qo'g'irchoq teatri o'zining karnay-surnay sadolari bilan ishtirok etdi.

photo_2023-04-23_03-33-26    photo_2023-04-23_03-33-30    photo_2023-04-23_03-33-27

2023-yil 27-mart "Xalqaro teatr kuni" Farg'ona viloyat qo'g'irchoq teatrida tantanali ravishda o'tkazildi. Farg'ona shahar "Ansor family" restoranida kechki bayramona dasturxon yozildi.
Teatr direktori Sultonov Tavakkal Mamajonovich  teatr xodimlarini bayram bilan qutlab, teatrning tashabbuskor, joykuyar xodimlarini  faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirladi.Tadbirda kuylar qo'shiqlarga ulanib,teatr xodimlari maroqli hordiq oldi.

Huddi shunday tabriklar bilan Farg'ona viloyati Madaniyat  sport va turizm xodimlari, KUFV birlashgan qo'mitasi raisi Manzura Akramova ham barcha teatr xodimlarini bayram bilan qutlab, teatr fidoiylarini fahriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirladi.
photo_2023-03-27_16-03-17

2023-yil 27-mart "Teatr tomoshalari haftaligi" doirasida Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi aktyorlik bo'limi o'quvchilari va Oltiariq tumani "Ahmad al-Farg'oniy" maktabi o'quvchilari  ishtirokida "Bizning teatr" mavzusida ilmiy amaliy seminar bo'lib o'tdi. 
    Ushbu seminar oldidan o'quvchilar teatr fayesida tashkil etilgan ko'rgazmalar,dekoratsiyalar bilan yaqindan tanishishdi.

Seminarda teatrning badiiy emakdoshi Mo'minova Mashxuraxon so'zga chiqib, bolalarga teatr haqida, teatrda namoyish etilayot bir qator sahna asarlar haqida hamda qo'g'irchoq teatrlarida  Alisher Navoiy ijodiga murojaat qilinayotgani, A.Navoiy siymosi,asarlari teatr sahnasidagi o'rni, ijtimoiy- tarbiyaviy ahamiyati haqida so'z yuritdi.  Bolajonlar bilan qisqacha qiziqarli savol-javoblardan so'ng  A.Navoiyning "Sher va Durroj" spektakli bolajonlar e'tiboriga havola etildi.

photo_2023-03-27_13-48-54   photo_2023-03-27_13-49-00

 

2023-yil 20-mart Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri  I. Karimov nomidagi teatr konsert saroyi maydonida  umumxalq "Navro‘z" ayyomi munosabati bilan  bo‘lib o‘tgan tadbirda  faol ishtirok etib, o‘z tomoshalari bilan yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashdi.


photo_2023-03-20_17-29-19   photo_2023-03-20_17-30-27

2023-yil 16-mart Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi  Farg'ona Davlat Universitetida bo'lib o'tgan "Navro'z" bayramiga bag'ishlangan bayram tadbirida faol ishtirok etdi.

photo_2023-03-16_13-55-17   photo_2023-03-16_13-55-19

QO'G'IRCHOQ TEATRIDA 
      ALISHER NAVOIY
  IJODIGA MUROJAAT !

2023-yil 12-fevral kuni Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida Hazrat Alisher Navoiyning 582 yilligiga bag'ishlab, B.Matniyazov rejissorligida sahnalashtirilgan A.Navoiyning "Sher va Durroj" spektaklining O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligining  teatrlar va sirk san'atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i O.Jo'rayev boshchiligidagi mutaxassislardan iborat badiy kengash va jamoat ko'rigi bo'lib o'tdi.


Spektakl bir ovozdan komissiya a'zolari tomonidan qabul qilindi va premyeraga ruxsat berildi.

photo_2023-02-12_15-53-30   photo_2023-02-12_15-53-41

 

2022-yil 29-dekabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri I.Karimov nomidagi Teatr Konsert Saroyida  Farg‘ona viloyati "Prezident archasi" bayram tadbiriga atalgan "Yangi yilning yangi ertagi" nomli  Yangi yil ertak tomoshasini taqdim etdi. Bolajonlar spektaklni ko‘tarinki kayfiyatda qabul qildilar.Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, bolajonlarga Prezident sovg‘alarini taqdim etdi. Tadbirga viloyatlarimizdan jami 900 dan ziyod  kam taminlangan, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi bolajonlari  tashrif buyurdi.

photo_2022-12-29_21-34-38 photo_2022-12-29_21-36-13

photo_2022-12-29_21-36-18      photo_2022-12-29_21-36-26

photo_2022-12-29_21-36-10      photo_2022-12-29_21-36-17

 

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori  T. Sultonov hamda oliy toifali aktyor Sh. Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasining  30 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

        photo_2023-01-25_13-00-28              photo_2023-01-25_13-00-36

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi"  PQ-112-sonli qarori ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi joriy yilning 27-29-oktyabr kunlari Buxoro viloyati gastrol safari davomida" Musiqali choyxona " spektaklini yuqori saviyada mohirona ijro etdi. Buxoro viloyati Filarmoniyasi rahbari Rauf Avezov tomonidan bayramona dasturxon bezatilib, teatr jamoasini  bolajonlarga  ko‘rsatgan madaniy xizmatlarini yuqori saviyada baholagan holda Buxoro viloyati Madaniyat Boshqarmasi tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar   bilan taqdirlandi.

photo_2022-10-28_23-10-04  photo_2022-10-28_23-10-12

photo_2022-10-28_23-10-08  photo_2022-10-28_23-10-15

 

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrining Navoiy va Buxoro viloyatlariga gastrol safari qizg‘in davom etmoqda bugun 27-oktyabr kuni teatr jamoasi Buxoro shahri 21-maktab o‘quvchilari uchun "Musiqali choyxona" spektaklini namoyish etdilar.  Bolajonlar spektakldan maroqli xordiq olishdi.

photo_2022-10-27_11-12-22  photo_2022-10-27_11-12-29

 

2022-yil 21-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida  S.Seduxin rejissorligida sahnalashtirilgan G. H. Andersenning asari asosidagi "Irkit o‘rdakcha" spektaklining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Badiy kengashi va jamoat ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. 

Spektakl ko‘rigiga  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi teatrlar va sirk san'atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i  O. Jo‘rayev,  O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri direktori  X. Oxunov,  O‘zbekiston Respublikasi madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi repertuar-taxririyat mudiri  Sh. Obidov,  O‘zbekiston san'at va madaniyat insitutining katta o‘qituvchisi  M. Umarov ishtirok etib,  o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. 

Spektakl bir ovozdan komissiya a'zolari tomonidan qabul qilindi va premyeraga ruxsat berildi.

photo_2022-10-21_17-32-14  photo_2022-10-21_17-32-08

photo_2022-10-21_17-32-10  photo_2022-10-21_17-32-12

 

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasi Aqtobe viloyatida bo‘lib o‘tgan festevalda O‘zbekiston nomidan  qatnashib faxrli 3-o‘rinni egallab qaytdi. Bugun 27-sentyabr kuni  Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida   jamoamizni  tantanali ravishda  kutib olindi.

photo_2022-09-27_10-34-48  photo_2022-09-27_10-34-39 (2)

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasi Aqtobe viloyatida bo‘lib o‘tgan festevalni tugatib qaytdilar. Olmota shahrida Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrini   Olmota qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ko‘tarinki kayfiyatda kutib olib Olmota qo‘g‘irchoq teatriga ekskursiyaga taklif etdi.
 

photo_2022-09-25_08-55-48  photo_2022-09-25_08-55-50

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasi Aqtobe viloyati "Alaqay" qo‘g‘irchoq teatrida "Assalomu alaykum" VI Xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlar ko‘rik festevalida S. Seduxinning "Musiqali choyxona" spektakli bilan  ishtirok etib
 "Eng yaxshi aktyorlik ansambli" nominatsiyasi bilan  faxrli 3- o‘rinni egalladi. 

photo_2022-09-23_22-59-35  photo_2022-09-23_22-59-46

photo_2022-09-23_22-59-34  photo_2022-09-23_22-59-40

 

2022-yil 21-sentyabr kuni  Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi "Assalomu alaykum" VI Xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlar ko‘rik festevalida "Musiqali choyxona" spektakli bilan ishtirok etdi. 

Spektakl juri a'zolariga judayam yoqdi va o‘zlarini iliq fikrlarini bildirishdi.Sankt-Peterburgdan tashrif buyurgan juri a'zosi Burman David Semenovich Sankt-Peterburgda 2023-yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan "Петушок"  nomli festevaliga Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri

jamoasini "Musiqali choyxona" spektakli bilan taklif etdi.

 photo_2022-09-22_18-16-22  photo_2022-09-22_18-16-25

 

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi hamda Sankt-Peterburg qo‘g‘irchoq teatri rahbari, festeval juri a'zosi  Burman David Semenovich bilan tanishuv va ijodiy qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi. 

photo_2022-09-21_01-29-53 photo_2022-09-21_01-29-55

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qozog‘iston Respublikasi Olmota qo‘g‘irchoq teatri rahbari Almat Abduraxmanov bilan uchrashuvda bo‘lib, Ijodiy tanishuv, do‘stlashuv davomida Almat Abduraxmanov Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri rahbari Tavakkal Sultonovga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

photo_2022-09-21_01-44-56          photo_2022-09-21_01-44-58

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ayni damda Qozog‘iston Respublikasi Aqtobe shahrida. Bugun 19-sentyabr kuni  festeval oldidan  Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi hamda "Alaqay" qo‘g‘irchoq teatri derektori Asiye Tajibekovna bilan qizg‘in suxbat bo‘lib o‘tdi.
 

photo_2022-09-19_15-14-28 photo_2022-09-19_15-14-33

 

Joriy yilning 23-24-avgust kunlari Farg'ona viloyati hokimligi hamda homiylar tomonidan viloyatdagi 600ga yaqin ijtimoiy ko'makka muxtoj bo'lgan, daftarlarga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun o'tkazilgan sunnat to'yida Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi  faol ishtirok etdi.

photo_2022-08-24_21-12-17  photo_2022-08-24_21-01-43

2022 yil  25-iyun kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Sergey Seduxin  rejissyorligida  sahnalashtirilgan L.Lopeyska,G.Krchulova  asari asosidagi "Aistyonok i pugalo " spektaklining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Badiiy kengashi va jamoat ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. 

Spektakl ko‘rigiga  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Teatr va Sirk sanʼatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  Mahmudbay Aytniyazov, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi repertuar-taxririyat mudiri Shorustam Obidov, O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri direktori Hotam Oxunov , Teatr arboblar uyushmasining  bosh mutaxassisi Toxir Do‘stmuxammedov,  Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi mutaxassisi Axad Usmonov,  Farg‘ona viloyati rus drama teatri direktori Yulya Madaliyeva,  ishtirok etib, o‘z fikr va muloxazalarini bildirishdi.

 Spektakl bir ovozdan komissiya aʼzolari tomonidan qabul qilindi va premeraga ruxsat berildi.  

photo_2022-06-25_17-50-00  photo_2022-06-25_17-50-09

photo_2022-06-25_17-50-03  photo_2022-06-25_17-49-56

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining "Etim bolalar va ota-ona qaramogʼidan maxrum boʼlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora tadbirlari toʼgʼrisida" 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida

 2022-yil 20-iyunь kuni Fargʼona viloyati qoʼgʼirchoq teatri Fargʼona "Muruvvat" nogironligi boʼlgan bolalar uchun internat uyiga tashrif buyurib, tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun repertuarlarimizdan oʼrin olgan "Karvonsaroy " spektaklini namoyish etdi.

photo_2022-06-20_15-45-16  photo_2022-06-20_15-45-18 (2)

photo_2022-06-20_15-45-18  photo_2022-06-20_15-45-20

Oʼzbek Milliy qoʼgʼirchoq teatri sahnasida Respublikasi qoʼgʼirchoq teatrlarining anʼanaviy XIII koʼrik-festivalining tantanali taqdirlash va yopilish marosimi boʼlib oʼtdi.

Festivalda Fargʼona viloyati qoʼgʼirchoq teatrining “Samolarda uchgan alloma” spektakli rassomi Sergey Seduxin “Eng yaxshi stsenograf-rassom” nominatsiyasi 
 bilan Madaniyat vazirligi diplomi bilan taqdirlandi.

photo_2022-06-10_19-50-48  

Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi 2022-yilning 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan O'zbekiston Nogironlar Assosiatsiyasi Farg'ona hududiy bo'limi tomonidan "Palma" dam olish kafesida o'tkazilgan tadbirda hamda "Bolajon" dam olish kafesida bo'lib o'tgan tadbirda o'z chiqishlari bilan faol ishtirok etdi.

photo_2022-06-01_15-30-34 photo_2022-06-01_15-30-35

                                                  photo_2022-06-01_15-30-37

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at soxasining jamiyat hayotidagi o‘rni va tasirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PF-6000-sonli farmoni va 2021-yil 4-5-fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining 100.1-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida qo‘shimcha bino qurish ishlari davom  etmoqda.  Teatr uchun aktyorlar xonasi,  rassomlar xonasi,  sanuzel va boshqa xonalar qurish rejalashtirilgan. 

photo_2022-05-22_14-38-09 (2)  photo_2022-05-22_14-38-10

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-112-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi  Surxondaryo  viloyatiga yetib bordi.

Surxondaryo qo‘g‘irchoq teatri jamoasi  jamoamizni tantanali ravishda kutib olishdi.
Bugun 10-may  Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi "Musiqali choyxona" spektakli namoyish etdi, tomoshabinlar spektaklni ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar.
 

photo_2022-05-10_15-02-15 photo_2022-05-10_18-06-50

photo_2022-05-10_18-07-00 photo_2022-05-10_18-07-04

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at soxasining jamiyat hayotidagi o‘rni va tasirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PF-6000-sonli farmoni va 2021-yil 4-5-fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining 100.1-bandi ijrosini ta'minlash, jumladan Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida qo‘shimcha bino qurish ishlari boshlandi. 
 

photo_2022-05-06_12-30-20     photo_2022-05-06_12-30-21

Tojikiston Respublikasi Davlat qo‘g‘irchoq teatrining  Farg‘ona viloyatiga gastrol safari qizg‘in davom etmoqda. Bugun 8-aprel Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrining bir guruh jamoasi hamda Tojikiston Respublikasi Davlat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi So‘x tumaniga yetib borishdi.  

U yerda mehmonlarimizni tantanali ravishda kutib olindi. Tojikiston Davlat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi  X.Salimov asari asosidagi " Malikai sho‘x" spektaklini tojik tilida namoyish etib bolajonlar qalbidan chuqur joy oldi.

photo_2022-04-08_21-07-15 photo_2022-04-08_21-08-25

Tojikiston Respublikasi Davlat qo‘g‘irchoq teatri jamoasining Farg‘ona viloyatiga gastroli davomida Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrining bir guruh  jamoasi bilan birgalikda Marg‘ilon shahar Madaniyat uyida Tojikiston qo‘g‘irchoq teatrining  X. Salimov asari asosidagi rus talqinida "Озорная Принцесса"  spektakli bilan mehmonda bo‘ldi.
 

photo_2022-04-06_16-26-18 photo_2022-04-06_16-26-25

2022 yil  6-aprel kuni Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Asqarov Mardonbek rejissyorligida  sahnalashtirilgan  E. Chepovetskiy asari asosidagi "Xushchaqchaq sichqoncha " spektaklining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Badiiy kengashi va jamoat ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. 

Spektakl ko‘rigiga  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Teatr va Sirk san’atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  Mahmudbay Aytniyazov, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi repertuar-taxririyat mudiri Shorustam Abidov, O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori Shomurod Yusupov, Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi mutaxassisi Axad Usmonov, Farg‘ona viloyati O‘zbek musiqali drama teatri direktori  Saidjon Mirzayev, Farg‘ona viloyati rus drama teatri direktori Yulya Madaliyeva, bosh rejissyori Anvar Abdullayevlar ishtirok etib, o‘z fikr va muloxazalarini bildirishdi.

 Spektakl bir ovozdan komissiya a’zolari tomonidan qabul qilindi va premeraga ruxsat berildi.  

 

photo_2022-04-06_15-51-03 photo_2022-04-06_15-50-54

 

Tojikiston Davlat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi  joriy yilning 5-aprel kuni  Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri saxnasida Xotam Salimov asari asosidagi rus talqinida  "Озорная Принцесса" spektaklini namoyish etib muxlislar qalbidan chuqur joy oldi. Teatrga tashrif buyurgan Farg‘ona shahar 2-maktab o‘quvchilari hamda MTM tarbiyalanuvchilari ajoyib spektaklni katta mamnuniyat bilan qarshi oldilar! Spektakl bolajonlarda katta taassurot qoldirdi va spektakldan so‘ng tomoshabinlar jamoaga o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi.

photo_2022-04-05_14-30-43 photo_2022-04-05_14-30-56

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida" 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri  Ozodbek Nazarbekov  taklifiga binoan joriy yilning 4-aprel kuni  Tojikiston Davlat qo‘g‘irchoq teatri Farg‘onaga yetib keldi. Aziz mehmonlarni Beshariq tuman hokimligi hamda Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri tantanali ravishda kutib olishdi.

photo_2022-04-04_17-19-12 photo_2022-04-04_17-19-08

 

Tojikiston Respublikasi Davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori Safarzoda Izzatullo hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Farg‘ona viloyat Qo‘g‘irchoq teatri direktori Tavakkal Sultonovlar teatrlararo hamkorlik Memorandumi imzoladilar.  Ikki jamoa o‘rtasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar borasida kelishib oldilar.

photo_2022-03-20_20-52-13 photo_2022-03-20_20-52-39

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida" 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrining Tojikiston Respublikasiga gastrol safari  davom etmoqda.   

Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Dushanbe shahrining  diqqatga sazovor joylariga jumladan Koxi Navro‘z Botanika bog‘iga  ekskursiya uyushtirildi.
 

photo_2022-03-18_14-24-24 photo_2022-03-18_14-24-37

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrining Tojikiston Respublikasiga gastrol safari davom etmoqda.
Tojikiston Respublikasi Lo‘xtak teatri direktori Safarzoda Izatullo Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatr jamoasini qabul qildi.  Qabulda kofe breyk tashkillanib ikki jamoani kelgusidagi, hamkorlikdagi  ijodiy ishlari borasida maslaxatlashildi.  Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ko‘rsatilayotgan e'tibordan mamnun.
 

photo_2022-03-18_14-20-39 photo_2022-03-18_14-17-43

Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri o'z namoyishlari bilan Tojikiston xalqining qalbidan chuqur joy oldi. Tojikiston Respublikasi Davlat qo'g'irchoq teatriga tashrif buyurgan  tomoshabinlar namoyishlarimizni katta mamnuniyat bilan qarshi oldilar. Kelgusida Tojikiston va O'zbekiston  madaniy aloqalari yuksak cho'qqilarni zabt  etishiga ishonamiz.
 

photo_2022-03-15_09-18-06 photo_2022-03-15_09-18-31

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri  Tojikiston Respublikasiga yetib bordi. Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasini O'zbekiston Reapublikasining Tojikiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Ergash Raxmatullayevich Shasmatov qabul qiladi. Uchrashuv qiziqarli tarzda ikki Davlatni madaniy hamkorligida kelgusida olib boriladigan masalalar borasida bo'lib o'tdi.

photo_2022-03-13_06-13-27  photo_2022-03-13_06-13-27 (2) photo_2022-03-13_06-13-27 (3)   photo_2022-03-13_06-13-28

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Farzandingizni eng baxtli onlari biz bilan birgalikda

           

Контакты
Телефон:
Адрес:
г. Фергана ул. Мураббийлар дом №28.